Sodiqlik platformasi

Mijozlaringizni sodiq mijozga aylantiring

Keshbek, ball, kupon va Telegram mini-ilova — bitta tizimda. Har xariddan mijoz ball yig'adi, qaytib keladi va do'stlarini olib keladi. Siz esa hammasini bitta paneldan ko'rasiz.

7 kun bepul Mijoz hech narsa o'rnatmaydi Bir kunda ishga tushadi

Boshqaruv paneli namunasi: bugun berilgan ball, qaytgan mijozlar, yangi a'zolar va o'rtacha chek real vaqtda yangilanadi.

Telegram mini-ilova: balans va QR kod
🧾Xarid: 185 000 so'm+3 620 ball · Telegramga chek ketdi
⭐Yangi baho: 5.0"Juda qulay, rahmat!"
3 ilova
mijoz, kassir va egasi uchun — bitta tizim
0 so'm
mijoz uchun: ilova Telegram ichida ochiladi
3 soniya
kassada: kod yoki QR → summa → tasdiqlash
3 til
o'zbek, rus va ingliz — har bir ekranda
Bitta xarid misolida

Kassadan panelgacha — bir necha soniyada

Mijoz kod aytadi, kassir summani yozadi — qolgan hammasini tizim o'zi bajaradi.

Namuna

Jonli namuna: mijoz Telegram ilovasida QR kodni ko'rsatadi, kassir uni skanerlab xarid summasini tasdiqlaydi, mijozga ball yoziladi va Telegramga chek keladi, egasining panelida yangi xarid paydo bo'ladi.

Telegram orqali

Mijoz ilova yuklab o'tirmaydi

Kassa yonidagi QR bannerni skanerlaydi — botingiz ochiladi. Telefon, ism va tug'ilgan kun — uch qadamda ro'yxatdan o'tadi va darhol xush kelibsiz bonusini oladi.

  • Til tanlash: o'zbek, rus yoki ingliz
  • Telefon raqami bitta tugma bilan yuboriladi
  • Har xariddan keyin Telegramga chek keladi
  • Ball kuyishidan oldin eslatma, tug'ilgan kunda tabrik

Telegram bot namunasi: ro'yxatdan o'tish xabari, xarid cheki, tug'ilgan kun tabrigi va ball kuyishi haqida eslatma.

Namuna
Kimlar uchun

Qaytib keladigan xaridori bor har qanday biznes

💊

Dorixonalar

Doimiy xaridorlar, tug'ilgan kun bonusi va filiallar tarmog'i.

🛒

Do'kon va supermarketlar

Katta oqim, tez kassa va internetsiz ishlash.

☕

Kafe va qahvaxonalar

Shtamp karta «10-qahva bepul», har tashrifda ball va do'st taklif qilish.

💇

Salon va xizmatlar

Baholar, qayta tashrif eslatmalari va shaxsiy takliflar.

Kafe va qahvaxonalar uchun

Shtamp karta: «10-qahva bepul»

Qog'oz kartochka va muhr endi kerak emas. Har xariddan keyin mijozning Telegram ilovasidagi kartasiga shtamp tushadi. Karta to'lsa — sovg'a tayyor: mijoz keyingi tashrifda kassada QR ko'rsatib oladi.

  • Shtamp kassada avtomatik qo'yiladi — kassir alohida hech narsa bosmaydi
  • Nechta shtampda sovg'a, minimal chek va sovg'a nomini o'zingiz belgilaysiz
  • Kunlik limit va xaridlar orasidagi vaqt — chekni bo'lib urishning foydasi yo'q
  • Sovg'a faqat mijozning QR yoki kodi bilan beriladi — kassir o'zicha bera olmaydi
  • Keshbek bilan birga ishlaydi yoki uning o'rniga — keshbekni 0% qilsangiz kifoya
ℹ️Shtamp karta — Standart va Premium tariflarida.

Shtamp karta namunasi: har xariddan keyin mijoz ilovasidagi kartaga shtamp qo'shiladi va Telegramga chek keladi, o'ninchi shtampda sovg'a tayyor bo'ladi.

Namuna
Tariflar

Kichik do'kondan tarmoqqacha

Barcha tariflarda: kassa, mini-ilova, Telegram bot va xarid cheki. Istalgan vaqt tarifni almashtirish mumkin.

Filiallar soni
1
Sizga mos tarif
—

🌱 Boshlang'ich
Yakka do'kon va yangi boshlovchilar uchun.
Bepul
1filial
2kassir
200mijoz
Batafsil
Ommabop
⭐ Standart
O'sayotgan, bir necha filialli biznes uchun.
149 000 so'm/oy
2filial
6kassir
5 000mijoz
Batafsil
💎 Premium
Tarmoqlar va maksimal imkoniyatlar uchun.
249 000 so'm/oy
5filial
∞kassir
∞mijoz
Batafsil
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mijoz nimani o'rnatishi kerak?

Hech narsa. Mijoz ilovasi Telegram ichida ochiladi (Telegram Mini App). Kassa yonidagi QR'ni skanerlash yoki botga havola orqali kirish kifoya.

Telegrami yo'q mijoz-chi?

Kassir uni telefon raqami bo'yicha qo'shadi — keshbek yig'ilaveradi. Ballni yechish esa xavfsizlik uchun faqat mijozning o'z kodi yoki QR'i orqali bo'ladi.

Kassa uchun maxsus qurilma kerakmi?

Yo'q. Kassa ilovasi istalgan telefon, planshet yoki kompyuter brauzerida ishlaydi. Oddiy USB/Bluetooth shtrix-skaner ham to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Kassa ishlashda davom etadi: xaridlar qurilmada navbatga yoziladi va aloqa tiklanganda avtomatik yuboriladi. Ball yechish va kuponlar esa server tasdig'ini talab qiladi.

Obuna tugasa kassa to'xtab qoladimi?

Yo'q. To'lov kechiksa faqat boshqaruv paneli cheklanadi. Kassa va mijoz ilovasi ishlashda davom etadi — xaridorlaringiz jabr ko'rmaydi.

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.