Kassir uchun

Xarid 3 soniyada — navbatsiz

Kassir mijoz kodini kiritadi, summani yozadi va tasdiqlaydi. Keshbek, status, kupon va ball chegarasini tizim o'zi hisoblaydi. O'rgatish uchun 5 daqiqa yetadi.

📱 Telefon · planshet · kompyuter 📷 QR va shtrix-skaner 📶 Internetsiz ham ishlaydi
Kassa: mijoz topildi
Kassa: xarid yozildi
Kassirning ish kuni

Kirishdan kun yakunigacha

1

Kirish: login va PIN

Kassir "ism@kompaniya" loginini va shaxsiy PIN-kodini kiritadi. Ilovani telefonning bosh ekraniga o'rnatish mumkin — keyingi safar bir bosishda ochiladi.

PIN kamida 6 raqam · noto'g'ri urinishlar cheklanadi
Kassaga kirish
2

Mijozni topish — 4 usul

Kamerada QR skanerlash, USB/Bluetooth skaner, mijoz aytgan 6 xonali kod yoki telefon raqami. Yangi mijozni telefon va ism bilan shu yerning o'zida qo'shish mumkin.

Skaner klaviatura kabi ishlaydi — hech narsa sozlanmaydi
Mijozni topish
3

Summa, ball va kupon

Mijozning balansi, keshbek foizi va so'nggi xaridlari ko'rinadi. Kassir summani yozadi; mijoz xohlasa ballari bilan to'laydi ("Barchasi" tugmasi ruxsat etilgan maksimumni qo'yadi) va kupon kodini aytadi. Pastda natija oldindan ko'rsatiladi.

To'lov, yechiladigan ball va yoziladigan keshbek — tasdiqlashdan oldin
Summa va ball bilan to'lash
4

Tasdiqlash va chek

Bir bosish — xarid yozildi. Kassir yangi balansni ko'radi, mijozga Telegramda chek ketadi. Xato bo'lsa "Xaridni bekor qilish" ballarni ham, ombordagi tovarni ham qaytaradi.

Ikki marta bosilsa ham xarid bir marta yoziladi
Xarid natijasi
5

Kun yakuni

"Yakun" tugmasi bugungi xaridlar soni, tushum, berilgan va yechilgan ballni ko'rsatadi. Tunda esa bot kassirga o'z smenasi hisobotini yuboradi.

Toshkent vaqti bo'yicha
Bugungi yakun

Internetsiz rejim

Internet uzildi — savdo davom etadi

Aloqa yo'qolsa kassa sariq ogohlantirish ko'rsatadi va xaridlarni qurilma xotirasidagi navbatga yozadi. Internet qaytishi bilan navbat o'zi yuboriladi — kassir hech narsa qilmaydi.

  • Mijoz oflayn ham telefon raqami bo'yicha topiladi
  • Sotuv vaqti kassa soati bo'yicha saqlanadi
  • Takror yuborilsa ham xarid ikki marta yozilmaydi
  • Server rad etgan xaridlar alohida ro'yxatda ko'rsatiladi
⚠️Oflayn rejimda faqat keshbekli xarid qabul qilinadi. Ball bilan to'lash, kupon va bekor qilish server tasdig'ini talab qiladi — bu mijoz ballarini himoya qiladi.
Oflayn rejim
Xavfsizlik

Kassir xatosi va suiiste'moldan himoya

Kassa tez bo'lishi bilan birga, mijoz ballari va sizning pulingizni himoya qiladi.

🔐

Ball faqat kod bilan yechiladi

Telefon bo'yicha topilgan mijozga faqat keshbek yoziladi. Ballni yechish uchun mijozning o'z kodi yoki QR'i kerak — bu uning roziligi.

📏

Chegaralar

Xaridning qancha qismini ball bilan to'lash mumkinligini siz belgilaysiz. Haddan tashqari katta summa ("0" ortiqcha terilsa) qabul qilinmaydi.

🧾

Qo'lda ball berib bo'lmaydi

Kassir o'zicha ball qo'sha olmaydi. Ball tuzatish faqat admin panelda, izoh bilan va tarixda qoladi.

👤

Har kassirning o'z PIN'i

Har xarid qaysi kassir va qaysi filialda qilingani yoziladi — reyting va hisobotlar shunga asoslanadi.

🛑

Parol tanlashdan himoya

Noto'g'ri PIN urinishlari IP va hisob bo'yicha cheklanadi — PIN'ni terib topib bo'lmaydi.

🏪

Do'kon to'xtamaydi

Obuna to'lovi kechiksa ham kassa ishlayveradi — navbatdagi xaridor aybdor emas.

Savollar

Kassa haqida savollar

Mavjud kassa dasturimiz bilan ishlaydimi?

Minta kassasi alohida oynada, mavjud dasturingiz yonida ishlaydi — hech narsani almashtirish shart emas. Tovar ro'yxatini esa API yoki Excel orqali ulash mumkin.

Qanday skaner kerak?

Istalgan USB yoki Bluetooth shtrix/QR skaner — klaviatura kabi ishlaydigan. Skaner bo'lmasa telefon kamerasi yetarli.

Kassirni qanday qo'shaman?

Panelda "Kassirlar" bo'limida ism, telefon, filial va PIN kiritasiz. Kassir shu zahoti ishlay oladi. Soni tarifingizga bog'liq.

Xato xaridni kim bekor qiladi?

Kassir natija ekranidagi "Xaridni bekor qilish" tugmasi bilan. Ballar qaytariladi, sotilgan tovarlar o'sha filial omboriga qaytadi va amal tarixda saqlanadi.

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.