Bosh sahifa/Imkoniyatlar/Katalog va filiallar
Tovarlar va joylashuv

Katalog, qoldiq va filiallar xaritasi

Minglab tovarni bir necha daqiqada yuklang. Mijoz narxni va qaysi filialda borligini oldindan ko'radi, eng yaqin do'konni xaritada topadi.

📄 Excel / CSV 📊 Google Sheets 🛒 WooCommerce 🔌 API
🔒 minta.uz/panel/stock
Tovarlar va ostatka jadvali

Import

To'rt yo'l bilan yuklash

Qaysi tizimda ishlasangiz ham, tovarlaringizni ko'chirib o'tirmaysiz.

  • Excel/CSV — faylni tashlaysiz, har ustunga maydon tanlaysiz. Tizim ustunlarni o'zi taxmin qiladi (o'zbek va rus sarlavhalari ham)
  • Google Sheets — jadval havolasini qo'yasiz
  • WooCommerce — sayt kalitlari bilan to'g'ridan-to'g'ri
  • API — o'z hisob tizimingizdan avtomatik yuborish (shaxsiy API kalit bilan)
⭐Kompaniyangizga xos ustunlar (masalan, "Ishlab chiqaruvchi" yoki "Retsept bilan") maxsus maydon sifatida saqlanadi va jadvalda alohida ustun bo'lib chiqadi.
🔒 minta.uz/panel/catalog-import
Tovar import sehrgari

Ostatka

Qoldiq har filial bo'yicha alohida

Jadvalda har tovarning shtrix-kodi, artikuli, kategoriyasi, narxi va har filialdagi soni ko'rinadi. Qiymatni shu yerning o'zida o'zgartirasiz.

  • Tovar sotilsa — o'sha filial qoldig'i kamayadi
  • Xarid bekor qilinsa — tovar omborga qaytadi
  • Qidiruv, kategoriya va brend bo'yicha filtr
  • Sotuvdan vaqtincha olib qo'yish — bitta belgi bilan
🔒 minta.uz/panel/stock
Ostatka jadvali

Mijoz ko'zi bilan

Katalog Telegram ilovada

Mijoz tovarni qidiradi, kategoriya bo'yicha filtrlaydi, narx va filiallardagi qoldiqni ko'radi, savatga soladi. Do'konga "bormi-yo'qmi" deb qo'ng'iroq qilish kamayadi.

Mini-ilovadagi katalog

Filiallar xaritasi

Filialni xaritada bir bosishda belgilang

Manzilni qidiring yoki xaritani bosing — koordinata o'zi yoziladi. Nomi, telefoni va ish vaqtini kiriting. Mijoz ilovasida filiallar xaritasi va yo'l ko'rsatish tugmasi paydo bo'ladi.

  • OpenStreetMap xaritasi — kalit va to'lov talab qilmaydi
  • Ish vaqti bo'yicha "ochiq / yopiq" holati
  • Har filial uchun alohida QR banner
🔒 minta.uz/panel/branches-map
Filiallar xaritasi — panel
Savollar

Katalog haqida savollar

Katalogsiz ishlasa bo'ladimi?

Ha. Katalog ixtiyoriy: kassir faqat xarid summasini kiritadi, keshbek summadan hisoblanadi. Katalog mijozga tovarlaringizni ko'rsatish va qoldiqni yuritish uchun.

Qayta import qilsam tovarlar ikkilanadimi?

Yo'q. Mavjud tovarlar yangilanadi, yangilari qo'shiladi — natijada nechta yangi va nechta yangilangani ko'rsatiladi.

API qanday ishlaydi?

Panelda shaxsiy API kalit yaratasiz va hisob tizimingiz tovarlarni JSON ko'rinishida yuboradi. Namuna so'rov panelning o'zida ko'rsatilgan.

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.