Bosh sahifa/Qanday ishlaydi
Ishga tushirish

Arizadan birinchi xaridgacha

Murakkab integratsiya yo'q, kassa dasturingizni almashtirish shart emas. Odatda hammasi bir kunda tayyor bo'ladi — sozlashda o'zimiz yordam beramiz.

1

Ariza qoldirasiz — hisob ochiladi

Biz kompaniyangiz uchun hisob ochamiz va panelga kirish ma'lumotlarini beramiz. Tarifni tanlaysiz, 7 kunlik bepul sinov boshlanadi.

5 daqiqa
Obuna sahifasi
2

Kompaniyani sozlaysiz

Nom, logotip, tavsif, keshbek foizi, ball bilan to'lash chegarasi, xush kelibsiz va tug'ilgan kun bonuslari, statuslar.

15–20 daqiqa
Sozlamalar
3

Filial va kassirlarni qo'shasiz

Filiallarni xaritada belgilaysiz, har kassirga login va PIN berasiz. Kassirlar telefon yoki kompyuterda kassa ilovasini ochadi.

10 daqiqa
Filiallar xaritasi
4

Telegram botni ulaysiz

@BotFather'da bot yaratib, tokenini panelga qo'yasiz. Mini-ilova tugmasi va buyruqlar menyusi o'zi sozlanadi.

5 daqiqa
Telegram bot sozlamasi
5

QR bannerni chop etasiz

Har filial uchun tayyor A4 bannerni yuklab olib, kassa yoniga qo'yasiz. Kassirlar mijozga "QR'ni skanerlang, ball yig'asiz" deb aytadi.

Chop etish
QR banner
6

Birinchi xarid

Mijoz kod aytadi, kassir summani yozadi — ball yoziladi, Telegramga chek ketadi, panelda statistika paydo bo'ladi. Dastur ishlayapti.

3 soniya
Birinchi xarid
Mijoz yo'li

Xaridor nimani ko'radi

1

QR'ni skanerlaydi

Kassa yonidagi banner yoki do'st havolasi orqali botingizga kiradi.

2

Ro'yxatdan o'tadi

Telefon, ism, tug'ilgan kun — va xush kelibsiz bonusi.

3

Kassada kod ko'rsatadi

Ball yig'adi yoki ball bilan to'laydi.

4

Qaytib keladi

Chek, status, kupon va eslatmalar uni yana do'koningizga olib keladi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mijoz nimani o'rnatishi kerak?

Hech narsa. Mijoz ilovasi Telegram ichida ochiladi (Telegram Mini App). Kassa yonidagi QR'ni skanerlash yoki botga havola orqali kirish kifoya.

Telegrami yo'q mijoz-chi?

Kassir uni telefon raqami bo'yicha qo'shadi — keshbek yig'ilaveradi. Ballni yechish esa xavfsizlik uchun faqat mijozning o'z kodi yoki QR'i orqali bo'ladi.

Keshbek qanday hisoblanadi?

Xarid summasidan ball bilan to'langan qismi ayiriladi va qolganidan foiz olinadi. Foiz mijoz statusiga bog'liq: masalan Silver 2%, Gold 3%. 1 ball = 1 so'm.

Kassa uchun maxsus qurilma kerakmi?

Yo'q. Kassa ilovasi istalgan telefon, planshet yoki kompyuter brauzerida ishlaydi. Oddiy USB/Bluetooth shtrix-skaner ham to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi.

Mavjud kassa dasturimizni almashtirish kerakmi?

Yo'q. Minta kassasi mavjud dasturingiz yonida ishlaydi. Kassir chekni odatdagidek uradi va Minta'da faqat summani kiritadi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Kassa ishlashda davom etadi: xaridlar qurilmada navbatga yoziladi va aloqa tiklanganda avtomatik yuboriladi. Ball yechish va kuponlar esa server tasdig'ini talab qiladi.

Ballar kuyadimi?

Siz hal qilasiz: muddatsiz yoki belgilangan kundan keyin kuyadi. Har xariddan olingan ball o'z muddati bilan kuyadi, yangi xarid eskisining muddatini uzaytirmaydi. Kuyishdan oldin mijozga eslatma ketadi.

Mijozlar ma'lumotlari xavfsizmi?

Har kompaniyaning ma'lumotlari alohida saqlanadi va boshqa kompaniyalarga ko'rinmaydi. Baza har kuni zaxiralanadi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.

Obuna tugasa kassa to'xtab qoladimi?

Yo'q. To'lov kechiksa faqat boshqaruv paneli cheklanadi. Kassa va mijoz ilovasi ishlashda davom etadi — xaridorlaringiz jabr ko'rmaydi.

Mijozlar bazamizni import qilsa bo'ladimi?

Mijozlarni panelda qo'lda yoki kassada telefon raqami bo'yicha qo'shish mumkin. Katta bazani ko'chirish kerak bo'lsa — biz bilan bog'laning, birga hal qilamiz.

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.