Telegram ichidagi sodiqlik kartasi
Mijozingiz App Store yoki Play Market'ga kirmaydi, parol o'ylab topmaydi. Ilova Telegram ichida bir bosishda ochiladi — balans, QR kod, kuponlar va sizning do'koningiz haqidagi hamma narsa shu yerda.


Bosh ekran
Balans va kassada ko'rsatiladigan kod
Ilova ochilishi bilan mijoz o'z ballarini va shaxsiy QR kodini ko'radi. Kassada shu QR'ni skanerlatadi yoki 6 xonali kodni aytadi — xarid shu mijozga yoziladi.
- Balans ball va so'mda: 1 ball = 1 so'm chegirma
- 6 xonali kod har 3 daqiqada yangilanadi — boshqa odam ishlata olmaydi
- Ilova qayta ochilsa ham kod o'zgarmaydi — kassir kiritayotganda adashmaydi
- Ballning qaysi qismi qachon kuyishi aniq ko'rsatiladi
- Joriy status va keshbek foizi doim ko'z oldida

Statuslar
Keyingi darajagacha qancha qolgani ko'rinadi
Silver, Gold, Platinum — darajalarni o'zingiz belgilaysiz. Mijoz har bir status shartini, keshbek foizini va keyingi darajagacha qancha xarid qolganini progress chizig'ida ko'radi.
- Har darajaning o'z keshbek foizi
- Daraja umumiy xarid summasi bo'yicha avtomatik ko'tariladi
- Shart matnini o'zingiz yozasiz: "10 ta do'st taklif qiling…"

Kuponlar va aksiyalar
Amaldagi takliflar bitta ro'yxatda
Siz panelda yaratgan kuponlar mijoz ilovasida darhol paydo bo'ladi: chegirma miqdori, kupon kodi, minimal xarid va amal qilish muddati bilan.
- Foizli, summali yoki bonus ball kuponlari
- Ishlatilgan kupon kulrang bo'lib qoladi
- Kassada kodni aytish kifoya — kassir uni qo'llaydi

Tovarlar katalogi
Narx va qaysi filialda borligi — oldindan
Mijoz tovarni nomi yoki kategoriyasi bo'yicha qidiradi, narxini va har filialdagi qoldig'ini ko'radi. Kerakli tovarlarni savatga soladi va kassaga tayyor ro'yxat bilan keladi.
- Qidiruv va kategoriya filtrlari
- Filial bo'yicha qoldiq: "Markaziy filial: 25 dona"
- Savat mijoz akkauntida saqlanadi

Filiallar
Eng yaqin do'kon xaritada
Barcha filiallar xaritada belgilangan. Har birining manzili, telefoni va ish vaqti ko'rsatiladi; hozir ochiq yoki yopiqligi rang bilan ajratiladi. "Yo'l ko'rsatish" tugmasi xarita ilovasini ochadi.
- Ochiq / yopiq holati ish vaqtiga qarab
- Bir bosishda qo'ng'iroq qilish
- Yo'l ko'rsatish telefonning xarita ilovasida

Do'st taklif qilish
Har mijoz — sizning reklamachingiz
Mijoz o'z havolasini do'stlariga yuboradi. Do'sti havola orqali ro'yxatdan o'tsa, xush kelibsiz bonusini oladi, taklif qilgan esa bonus ball. Nechta odam taklif qilgani va qancha ball topgani shu yerda ko'rinadi.
- Havolani Telegram orqali bir bosishda ulashish
- 3 darajagacha: do'stning do'sti xaridlaridan ham ball
- "Qanday ishlaydi" — mijoz uchun oddiy tushuntirish

Mijoz ilovasida nimalar bor
Quyidagi rasmlar — haqiqiy ilovadan olingan. Kattalashtirish uchun bosing.











Kichik, lekin muhim detallar
Baholash
Xariddan keyin mijoz 1 dan 5 gacha yulduz va izoh qoldiradi. Reyting hammaga, izohlar faqat sizga ko'rinadi.
Fikr bildirish
Muammo bo'lsa mijoz to'g'ridan-to'g'ri sizga yozadi — ijtimoiy tarmoqda emas.
Tug'ilgan kun
Sana bir marta kiritiladi va o'zgartirilmaydi — sovg'a ballni suiiste'mol qilib bo'lmaydi.
Kompaniya sahifasi
Logotip, rasmlar galereyasi, tavsif, reyting, ijtimoiy tarmoqlar va qo'llab-quvvatlash telefoni.
Uch til
Ilova mijozning Telegram tiliga moslashadi; mijoz istalgan payt o'zbek, rus yoki inglizchaga o'tadi.
Xavfsiz kirish
Kirish Telegram imzosi bilan tekshiriladi. Har kompaniyaning mijozlari alohida — boshqa biznes ularni ko'rmaydi.
Mijoz ilovasi haqida savollar
Mijoz ilovani qanday topadi?
Kassa yonidagi QR bannerni skanerlaydi yoki sizning botingizga havola orqali kiradi. Ro'yxatdan o'tgach botdagi "Ilovani ochish" tugmasi va Telegram menyusidagi tugma doim ilovani ochadi.
Ilovada bizning logotipimiz bo'ladimi?
Ha. Kompaniya nomi, logotipi, tavsifi, rasmlari va kontaktlari panelda sozlanadi. Telegram botning nomi va avatari ham sizniki.
Bir mijoz bir nechta do'konda qatnashsa-chi?
Har kompaniya uchun alohida hisob yuritiladi. Mijozning sizdagi ballari va ma'lumotlari boshqa kompaniyaga ko'rinmaydi.
Onlayn buyurtma qilsa bo'ladimi?
Hozircha yo'q: savat mijozga kerakli tovarlarni oldindan tanlab, kassaga tayyor ro'yxat bilan kelishga yordam beradi. To'lov va ball yozilishi kassada bo'ladi.
Boshqa imkoniyatlar
Mijoz ilovasi
Telegram ichidagi sodiqlik kartasi
Telegram bot
Ro'yxat, xarid cheki, tabrik va e'lonlar
Kassa ilovasi
QR, skaner va internetsiz savdo
Boshqaruv paneli
Statistika, mijozlar, hisobotlar
Marketing vositalari
Statuslar, kupon, referal, segmentlar
Katalog va filiallar
Tovarlar, ostatka, import, xarita
Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring
7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.