Sizning brendingiz nomidan

O'z botingiz — mijoz bilan doimiy aloqa

Har kompaniya o'z Telegram boti bilan ishlaydi. Bot mijozni ro'yxatdan o'tkazadi, har xariddan keyin chek yuboradi, tug'ilgan kunda tabriklaydi va aksiyalaringizni yetkazadi. SMS xarajatisiz.

🤖 @sizning_botingiz 💬 SMS o'rniga — bepul 🌐 Mijoz tanlagan tilda
Bot: til va telefon raqami
Bot: xarid cheki

Ro'yxatdan o'tish

Til, telefon, ism, tug'ilgan kun — tamom

Mijoz /start bosadi yoki kassa yonidagi QR'ni skanerlaydi. Bot avval tilni so'raydi, keyin uch qadamda ma'lumot oladi. Telefon raqami Telegram tugmasi bilan yuboriladi — xato terib bo'lmaydi.

  • Telegramdagi ism tayyor tugma bo'lib chiqadi — yozish shart emas
  • Tug'ilgan kunni aytishni istamasa — o'tkazib yuborsa bo'ladi
  • Ro'yxatdan o'tgan zahoti xush kelibsiz bonusi yoziladi
  • Do'st havolasi bilan kelsa — taklif qilganga ham bonus
  • Tilni keyin /til buyrug'i bilan almashtirish mumkin
Til tanlash va telefon raqami
Ism, tug'ilgan kun va yakun

Xarid cheki

Har xariddan keyin — Telegramda chek

Kassir xaridni tasdiqlashi bilan mijozga xabar keladi: summa, yozilgan va yechilgan ball, yangi balans. Xabar ostida "Xizmatni baholash" tugmasi — mijoz shu zahoti baho qo'yadi.

  • Mijoz ballari to'g'ri yozilganini o'zi ko'radi — ishonch ortadi
  • Bahoga avtomatik javob — har yulduz soni uchun o'z matningiz
  • Chek — barcha tariflarda; bahoga avto-javob — Standart va Premium'da
Xarid cheki va baholash

Avtomatik xabarlar

Tabrik va eslatmalar o'zi ketadi

Siz hech narsa qilmaysiz — tizim kerakli vaqtda mijozga yozadi.

  • Tug'ilgan kunda soat 09:00 da — ism bilan tabrik va sovg'a ball
  • Ball kuyishidan bir necha kun oldin — "ulgurib qoling" eslatmasi
  • Eslatmada "Ballarimni ko'rish" tugmasi ilovani ochadi
💡Eslatma necha kun oldin ketishini o'zingiz belgilaysiz (standart — 3 kun). Har ball partiyasi uchun bir marta yuboriladi, mijozni bezor qilmaydi. Ball muddati — Premium tarifida.
Tug'ilgan kun tabrigi va ball eslatmasi

Ommaviy e'lonlar

Aksiyani bir tugma bilan hammaga

Yangilik yoki aksiyani panelda yozasiz, rasm qo'shasiz va "Telegramga yuborish" belgisini qo'yasiz. Xabar tanlangan guruhga ketadi: hammaga, 30 kundan beri kelmaganlarga yoki shu oyda tug'ilganlarga.

  • Rasm + matn bitta xabarda, uzun matn alohida
  • Kimga: barcha mijozlar, uxlab qolganlar yoki shu oy tug'ilganlar
  • Botni bloklaganlar ro'yxatdan avtomatik chiqariladi
  • Nechta mijozga yetgani hisoblanadi
  • Standart va Premium tariflarida
Rasmli aksiya e'loni

Kunlik hisobot

Har tunda — kun yakuni telefoningizda

Soat 00:10 da bot sizga tugagan kun natijasini yuboradi: xaridlar, xaridorlar, tushum, o'rtacha chek, berilgan va yechilgan ball, yangi mijozlar va har kassir kesimi. Har kassir ham o'z natijasini oladi.

  • Egasi va menejerlar — umumiy yakun + kassirlar
  • Kassir — faqat o'z smenasi natijasi
  • Panelga kirmasdan biznes holatini bilasiz
  • Premium tarifida
Kunlik hisobot

QR banner

Chop etishga tayyor A4 plakat

Panel har filial uchun QR bannerni o'zi yasaydi: kompaniya nomi, filial va bot havolasi bilan. PDF yoki PNG qilib yuklab oling, kassa yoniga qo'ying — mijoz skanerlaydi va botingizga tushadi.

  • Kunduzgi va tungi dizayn, vertikal yoki gorizontal
  • QR yuqori ishonchlilik bilan — do'kon yorug'ida ham o'qiladi
  • Qaysi filial bannerdan nechta mijoz kelgani belgilanadi
QR banner — kunduzgi
QR banner — tungi

Ulash

Botni ulash — 5 daqiqa

@BotFather'da bot yaratasiz, tokenni panelga joylaysiz va "Ulash" tugmasini bosasiz. Webhook, buyruqlar menyusi va mini-ilova tugmasi avtomatik sozlanadi.

  • Obunachilar holati: faol, botni bloklagan, Telegramsiz
  • Xavfsizlik: har bot o'z maxfiy kaliti bilan tekshiriladi
  • Kerak bo'lsa ulashda o'zimiz yordam beramiz
🔒 minta.uz/panel/telegram-bot
Panel: Telegram bot sozlamasi
Savollar

Telegram bot haqida savollar

Bot uchun alohida pul to'lanadimi?

Yo'q. Telegram botlari bepul, xabarlar ham bepul — SMS kabi har xabar uchun to'lov yo'q.

O'z botimiz bo'lmasa-chi?

Bot yaratish 2 daqiqa: @BotFather'da nom va username berasiz. Birinchi ulashda o'zimiz yordam beramiz.

Mijoz botni bloklasa nima bo'ladi?

Tizim buni avtomatik aniqlaydi va mijozni e'lon ro'yxatidan chiqaradi. Mijozning ballari va ilovasi saqlanib qoladi.

Xabarlar qaysi tilda boradi?

Mijoz botda tanlagan tilda: o'zbek, rus yoki ingliz. Mini-ilova ham shu tilda ochiladi.

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.