Bosh sahifa/Imkoniyatlar/Boshqaruv paneli
Biznes egasi uchun

Biznesingiz raqamlarda

Qancha sotildi, kim qaytib keldi, qaysi kassir va qaysi filial yaxshi ishlayapti — hammasi bitta panelda, real vaqtda. Kompyuterda ham, telefonda ham.

🔒 minta.uz/panel/dashboard
Statistika sahifasi
Panel bo'limlari

Har bir ekranni ko'ring

Rasmlar haqiqiy paneldan olingan. Kattalashtirish uchun bosing.

🔒 minta.uz/panel/dashboard
Tushum grafigi, kassirlar reytingi, filiallar

Tushum dinamikasi, jami ko'rsatkichlar, kassirlar reytingi va filiallar taqqoslashi — tanlangan davr uchun.

🔒 minta.uz/panel/loyalty-report
Sodiqlik samarasi hisoboti

Qayta kelgan mijozlar va ular keltirgan tushum, birinchi va keyingi xaridlarning o'rtacha cheki, ilovaga ulanganlar ulushi.

🔒 minta.uz/panel/membership/list
Mijozlar ro'yxati

Barcha mijozlar: balans, jami xarid, tashriflar, status. Qidiruv, saralash va Excel'ga eksport.

🔒 minta.uz/panel/customer-points?pk=2
Mijoz kartochkasi

Mijoz kartochkasi: profil, Telegram holati va tili, qanday qo'shilgani, statistikasi va har bir amal tarixi.

🔒 minta.uz/panel/operations
Operatsiyalar

Har bir xarid, ball yechish, bonus va bekor qilish — davr, filial va kassir bo'yicha filtr bilan.

🔒 minta.uz/panel/reviews
Baholar

Umumiy reyting, 5 dan 1 gacha taqsimot va har bir izoh — kim, qachon, necha yulduz.

🔒 minta.uz/panel/settings
Sozlamalar

Kompaniya profili, sodiqlik sozlamalari, kuponlar, baholar, Telegram bot, banner, obuna va parol — bitta sahifada.

Statistika

Istalgan davr bo'yicha — bir bosishda

Bugun, kecha, 7 kun, 30 kun, oy, yil yoki o'zingiz tanlagan sanalar oralig'i. Ko'rsatkichlar Toshkent vaqti bo'yicha hisoblanadi.

  • Tushum, xaridlar soni, faol va yangi mijozlar
  • Berilgan va yechilgan ball, tug'ilgan kun va referal bonuslari
  • Qaytish foizi, o'rtacha chek, keshbek qaytimi
  • Kunlik tushum grafigi
  • Kassirlar reytingi va filiallar taqqoslashi
🔒 minta.uz/panel/dashboard
Statistika

Sodiqlik samarasi

Halol hisobot — faqat o'lchangan raqamlar

Panel "Minta sizga shuncha pul topib berdi" demaydi — buni isbotlab bo'lmaydi. O'rniga haqiqiy ko'rsatkichlarni beradi: nechta mijoz qaytib keldi, ular qancha xarid qildi, birinchi va keyingi xaridlar cheki qanday farq qiladi.

  • Qayta kelgan mijozlar ulushi va ularning tushumi
  • Berilgan va ishlatilgan ball nisbati
  • Ilovaga ulanganlar ulushi — past bo'lsa ogohlantirish
🔒 minta.uz/panel/loyalty-report
Sodiqlik samarasi

Mijozlar

Har mijoz haqida to'liq ma'lumot

Kartochkada mijozning statusi, tug'ilgan kuni, Telegram holati va tili, qanday qo'shilgani (bot, QR banner, do'st taklifi yoki kassa), baholari va har bir ball amali ko'rinadi.

  • Ism yoki telefon bo'yicha tezkor qidiruv
  • Ball qo'shish yoki ayirish — izoh bilan, tarixda qoladi
  • Mijozni qo'lda qo'shish
  • Butun ro'yxatni Excel (.xlsx) ga yuklab olish
🔒 minta.uz/panel/customer-points
Mijoz kartochkasi

Kunduzgi va tungi mavzu

Ko'zingizga qulay rejimda, o'z tilingizda

Panel kunduzgi va tungi ko'rinishda, o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Tanlov profil menyusida saqlanadi. Telefonda ham to'liq ishlaydi.

  • Sessiya 12 soatdan keyin yopiladi
  • Login urinishlari cheklangan — parolni terib topib bo'lmaydi
  • Menejer kassa ilovasidan panelga bir bosishda o'tadi
🔒 minta.uz/panel/dashboard
Panel kunduzgi rejimda
Sozlamalar

Dasturni o'zingizga moslang

Hamma qiymatlar panelda o'zgartiriladi — dasturchi kerak emas.

💰

Keshbek foizi

Bazaviy foiz, har status uchun alohida foiz va xaridning necha foizini ball bilan to'lash mumkinligi.

🎁

Bonuslar

Xush kelibsiz, do'st taklifi va tug'ilgan kun bonuslari miqdori.

⏳

Ball muddati

Ballar necha kundan keyin kuyishi va eslatma necha kun oldin ketishi. Yoki muddatsiz.

🏥

Kompaniya profili

Nom, logotip, tavsif, rasmlar, ijtimoiy tarmoqlar va qo'llab-quvvatlash telefoni.

🏬

Filiallar va kassirlar

Filiallarni xaritada belgilang, har biriga kassir va PIN biriktiring.

💳

Obuna

Tarif, amal qilish muddati va to'lov — shu yerda. Muddat yaqinlashsa panel eslatadi.

Premium · yangi

Nazorat: shubhali amallar va mijoz ovozi

🚨

Shubhali operatsiyalar

Kassir o'z kartasiga ball yig'ishi, chekni bo'lib urish yoki sotib keyin bekor qilish — tizim o'zi sezadi va boshliqqa Telegramda yozadi. Kassa to'xtamaydi.

  • Bitta mijozda kuniga belgilangandan ko'p xarid
  • Bir necha daqiqa ichida takror xarid
  • Kassir kuniga ko'p xaridni bekor qilsa
  • Panelda qo'lda ball — har biri, kim qilgani bilan
  • Chegaralarni o'zingiz sozlaysiz, "ko'rildi" deb belgilaysiz
📝

Taklif va shikoyatlar QR

Har filialga alohida QR. Mijoz skanerlaydi va botda taklif, shikoyat yoki minnatdorchilik yozadi — sizga darhol Telegramda keladi.

  • Ro'yxatdan o'tish shart emas
  • Rasm ilova qilish mumkin
  • Anonim yuborish — ism va telefon ko'rinmaydi
  • Javobingiz mijozga botda, uning tilida boradi
  • Qaysi filialda muammo borligi ko'rinadi

Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring

7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.