Mijoz yana kelishi uchun sabablar
Statuslar, kuponlar, do'st taklifi, tug'ilgan kun sovg'asi va aniq segmentlarga yuboriladigan e'lonlar. Hammasi bir-biri bilan ishlaydi va natijasi panelda o'lchanadi.

Statuslar (darajalar)
Ko'proq xarid — yuqoriroq keshbek
Istalgancha daraja yarating: nomi, qaysi summadan boshlanishi, keshbek foizi va mijozga ko'rinadigan shart matni. Mijoz chegarani o'tishi bilan status avtomatik ko'tariladi.
- Silver 2% → Gold 3% → Platinum 4% … — foizlarni o'zingiz tanlaysiz
- Mijoz ilovada keyingi darajagacha qolgan summani ko'radi
- Barcha tariflarda mavjud

Kupon va aksiyalar
Uch turdagi kupon, to'liq nazorat
Kupon kodini yaratasiz — mijoz uni ilovada ko'radi va kassada aytadi. Kassa kuponni tekshiradi va chegirmani o'zi hisoblaydi.
- Foizli (15%), summali (20 000 so'm) yoki bonus ball (+5 000)
- Minimal xarid summasi va amal qilish muddati
- Umumiy limit va bitta mijoz uchun limit
- Nechta marta ishlatilgani hisoblanadi

Referal tizimi
3 darajali do'st taklifi
Mijoz do'stini taklif qiladi, do'sti — o'z do'stini. Har bir xariddan zanjirdagi uch darajagacha taklif qilganlar belgilangan foizda ball oladi. Bundan tashqari, har yangi do'st uchun bir martalik bonus.
- 1-, 2- va 3-daraja foizlarini alohida belgilaysiz
- Do'st ro'yxatdan o'tganda xush kelibsiz bonusini oladi
- Kim kimni taklif qilgani mijoz kartochkasida ko'rinadi

Mijoz segmentlari
Kim sodiq, kim ketib qolyapti
Tizim mijozlarni xarid tarixiga qarab o'zi guruhlaydi. Har segmentning soni, jami tushumi va ro'yxati ko'rinadi — bitta bosishda Excel'ga yuklab olasiz va shaxsiy taklif tayyorlaysiz.
- 👑 VIP — xaridi eng yuqori 10%
- 💚 Doimiy — 2+ xarid va oxirgi 60 kunda kelgan
- 🆕 Yangi — 30 kun ichida qo'shilgan
- ⚠️ Qaytmayapti — 60–180 kun kelmagan
- 💤 Yo'qolgan — 180 kundan ortiq kelmagan

Tug'ilgan kunlar
Taqvim va avtomatik sovg'a
Taqvimda qaysi kuni kimning tug'ilgan kuni ekanini ko'rasiz. Belgilangan kuni soat 09:00 da mijozga sovg'a ball yoziladi va Telegram orqali ism bilan tabrik ketadi.
- Yiliga bir marta — takrorlanmaydi
- Bonus miqdorini o'zingiz belgilaysiz
- Tabrikni o'chirib, faqat ball berish ham mumkin

Yangiliklar va e'lonlar
Bitta forma — ilovada ham, Telegramda ham
Yangilikni yozasiz, rasm qo'shasiz. U mijoz ilovasining "Yangiliklar" bo'limida chiqadi; xohlasangiz shu zahoti Telegram orqali ham yuboriladi — hammaga, 30 kundan beri kelmaganlarga yoki shu oyda tug'ilganlarga.
- Faol / yashirin yangiliklar
- Qachon va nechta mijozga yuborilgani saqlanadi

Baholar
Xizmat sifatini mijozning o'zi aytadi
Har xariddan keyin chekda "Xizmatni baholash" tugmasi bor. Panelda umumiy reyting, yulduzlar taqsimoti va har bir izoh; har yulduz soni uchun avtomatik javob matnini yozib qo'yasiz.
- Past baho kelsa — darhol ko'rasiz va mijoz bilan bog'lanasiz
- Mijoz ismi bosilsa — uning kartochkasi ochiladi

Vositalar birgalikda qanday ishlaydi
Kimni qaytarishni aniqlang
Masalan, "Uxlab qolganlar" — 30 kundan beri kelmagan mijozlar.
Kupon yarating
"QAYT20" — 2 hafta amal qiladigan 20% chegirma, har mijozga bir marta.
E'lon yuboring va kuzating
Rasmli xabar faqat shu mijozlarga ketadi. Kupon necha marta ishlatilganini panelda ko'rasiz.
Boshqa imkoniyatlar
Mijoz ilovasi
Telegram ichidagi sodiqlik kartasi
Telegram bot
Ro'yxat, xarid cheki, tabrik va e'lonlar
Kassa ilovasi
QR, skaner va internetsiz savdo
Boshqaruv paneli
Statistika, mijozlar, hisobotlar
Marketing vositalari
Statuslar, kupon, referal, segmentlar
Katalog va filiallar
Tovarlar, ostatka, import, xarita
Sodiqlik dasturini bugunoq ishga tushiring
7 kun bepul sinab ko'ring. Hisobni o'zimiz ochamiz, kassirlarni ulashda va botni sozlashda yordam beramiz.